TDSHUda talabalar amaliyotini tashkil etish hamda ularni ish bilan ta’minlash yuzasidan «Kafil Sug’urta» aksiyadorlik jamiyati bilan uchrashuv o’tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025-yil 8-avgust kuni oliygohlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 21-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida «Kafil Sug’urta» AJ vakillari va talabalar o’rtasida uchrashuv tashkil etidi.
Mazkur uchrashuvda talabalarga kompaniyaning sug’urta bozoridagi o’rni, bugungi faoliyati bo’yicha, shuningdek, sug’urta sohasida ish boshlash, mazkur sohada karyerani bosqichma-bosqich rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida TDSHU va «Kafil Sug’urta» AJ o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.





