TDSHUda talabalar amaliyotini tashkil etish va ularni ish bilan ta’minlash masalari yuzasidan uchrashuv o’tkazildi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida talabalar amaliyotini tashkil etish hamda ularni ish bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Kafil Sug’urta aksiyadorlik jamiyati vakillari va universitet talabalari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida talabalarga sug‘urta bozori va uning rivojlanish tendensiyalari, kompaniyaning bozordagi o‘rni hamda joriy faoliyati haqida batafsil va tizimli ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, sug‘urta sohasida karyerani bosqichma-bosqich rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan aniq tushuntirishlar berildi.

🔗 Bundan tashqari, kompaniyada stajirovka o‘tash va ishga qabul qilish tartibi bayon qilindi, o’z ish faoliyatini boshlagan talabalar bilan tanishtirish o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv talabalar uchun real mehnat bozoriga tayyorgarlik ko‘rish va professional yo‘nalishni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.