TDSHUda “Talabalar bilan ishlashning psixologik xususiyatlari” mavzusida trening o’tkazildi
6 – yanvar kuni Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi katta o’qituvchilari S.R.Kamalova, R.A.Xaydarova, D.B.Botirovalar tomonidan “Talabalar bilan ishlashning psixologik xususiyatlari” mavzusida trening o’tkazildi.

Unda fakultetning professor-o‘qituvchilari va tyutorlari ishtirok etdilar. Trening juda qiziqarli va sermazmun o’tdi. Trening so‘ngida professor – o ‘qituvchilar o ‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

