TDSHUda “Talabalikka bag‘ishlov” bayram tadbiri
Joriy yilning 19-noyabrida TDSHUda “Talabalikka bag‘ishlov” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda TDSHUning professor-o‘qituvchilari, talabalar va ularning ota-onalarini ishtirok etdilar.

Bayram dasturida universitetning iqtidorli talabalari, shu jumladan “Sharq yulduzi” teatr-studiyasi, dutorchilar ansambli o‘z ijodiy chiqishlari bilan yig‘ilganlarga manzur bo‘ldilar.

TDSHU «Sharq yulduzi» teatr jamoasining «Bobur sog’inchi» spektakli tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.









TDSHU Matbuot xizmati