Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda ta’lim dasturlarini xalqaro ilg‘or tajribalar asosida maqbullashtirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

07.01.2026, 17:09 Yangiliklar 280

2026-yil 7-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Ta’lim dasturlarini TOP–300 oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari asosida maqbullashtirish: tajriba almashish va muammolar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar oliy ta’lim tizimida ta’lim dasturlarini xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan yetakchi universitetlar tajribasi asosida takomillashtirish, o‘quv rejalari va fan dasturlarini zamonaviy talablar asosida qayta ko‘rib chiqish masalalariga bag‘ishlandi. Tadbir davomida TOP–300 oliy ta’lim muassasalarida qo‘llanilayotgan ilg‘or ta’lim modellari, o‘qitish metodikasi, kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuvlar hamda ularni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.