TDSHUda ta’lim sifatini oshirish va xalqaro TOP-300 universitetlar tajribasini joriylashga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
TDSHUda ta’lim sifatini oshirish va xalqaro TOP-300 universitetlar tajribasini joriylashga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 5-8-sentabr kunlari TDSHUda fan dasturlari va sillabuslarni nufuzli xalqaro reyting bazalarining TOP-300 talik ro‘yxatiga kirgan xorijiy universitetlar tajribasi asosida takomillashtirish va ularni ta’lim jarayoniga joriy etish borasida universitet professor-o‘qituvchilari uchun 12 soatlik seminarlar o‘tkazildi. Unda Koreya, Xitoy, Yaponiya, Malayziya, Qatar, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning yetakchi OTMlari tajribasi asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlar tahlil qilindi.
Shu bilan birga, 2025/2026-o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish borasida oliy maktab / kafedra professor- o‘qituvchilari oldida turgan dolzarb vazifalar ko’rib chiqildi.





