TDSHUda tarjimashunoslik va ilmiy faoliyatga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
2025-yil 1-may kuni TDSHU Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi professor, filologiya fanlari doktori Xayrulla Xamidov ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir davomida Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Professor Xayrulla Xamidov o‘zining ilmiy tajribasi hamda tarjimonlik faoliyati bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar berib o’tdi.
Talabalar va yosh tadqiqotchilar professorning nutqini katta qiziqish bilan tinglab, ilmiy faoliyatda duch kelayotgan muammolar yuzasidan tavsiyalar oldilar.




