Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Turkshunoslikning buyuk darg’asi” nomli adabiy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi

29.09.2025, 16:12 Yangiliklar 322

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida taniqli olim, mashhur sharqshunos, akademik Alibek Rustamovning xotirasiga bag’ishlangan “Turkshunoslikning buyuk darg’asi” nomli adabiy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda professor-o’qituvchilar, talaba-yoshlar, shuningdek, olimning shogirtlari va yaqinlari ishtirok etdi. Tadbir davomida buyuk sharqshunos va olimning hayoti, ilmiy yo’li, yutuqlari va ilm-fan sohasidagi qo’shgan hissasi haqida fikrlar yuritildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan olimning hayoti va faoliyatidan ilhomlantiradigan xotiralar, ustozning muhim tavsiyalari o’rtoqlashildi.

Tadbir davomida olimning ilmiy va adabiy merosi yuzasidan kitoblar namoyishi, xususan, Alibek Rustamovning sharqshunoslik, turkshunoslik va madaniyat tadqiqotlariga qo’shgan hissasi keng yoritildi. Olimga bag’ishlangan adabiyotlar bilan tanishtirildi.

Shu bilan birga, tadbir yakunida, olimning hayoti va faoliyatidan ilhomlangan yoshlar bilan muloqot o’tkazildi. Bu esa, o’z navbatida kelajakda yangi ilmiy izlanishlar uchun yangi imkoniyatlar yaratdi va sharqshunoslik sohasida yutuqlarni yanada oshirishga turtki bo’ldi.