TDSHUda “Ustozlar merosi: qadriyatlar va an’analar” mavzusida ilmiy-ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi
2025-yil 24-may kuni TDSHU Eronshunoslik va afg‘onshunoslik oliy maktabi tomonidan “Ustozlar merosi: qadriyatlar va an’analar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida sharqshunoslik sohasi bo‘yicha katta tajribaga ega professor-o‘qituvchilar tomonidan ilmiy, tarixiy va ma’naviy mazmunga boy, yoshlarda faxr va ilhom uyg‘otuvchi ma’ruzalar tinglandi.
Ular o‘z nutqlarida ustozlik merosi, ilmiy maktablar an’analari, eronshunoslik va afg‘onshunoslik sohasining rivojlanish bosqichlari, bugungi zamon talablariga javob beradigan ta’lim yondashuvlari haqida chuqur fikr yuritdilar.
Dastur davomida “Umrboqiy xotiralar” nomli videorolik namoyish etildi. Ushbu tadbir ustoz-shogird an’analarini davom ettirish, sharqshunoslik sohasidagi ustozlarning ilmiy merosini qadrlash hamda yoshlarda faxr va g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

















