Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Vazir kubogi” sport musobaqasi

04.03.2025, 15:57 Yangiliklar 106

#vazir_kubogi #musobaqa

2025-yil 4-mart kuni TDSHUda Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida mini-futbol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha “Vazir kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, sportni targ‘ib qilish va yoshlarni sportga jalb etish maqsadida tashkil etildi.

photo_2025-03-04_16-06-53

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya hamda Milliy Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati va boshqa tashkilotlar ishtirok etdi. Unda sport va ta’lim sohalarida hamkorlikni kuchaytirishning ahamiyati ta’kidlanib, hamkorlik bitimi imzolandi.

photo_2025-03-04_16-06-53 (3)

TDSHUda Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida mini-futbol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha “Vazir kubogi” sport musobaqasida g‘olib jamoalar taqdirlandi.

photo_2025-03-04_12-46-46

Taqdirlash davomida ishtirokchilarning yuqori darajadagi o‘zaro raqobati va jamoaviy qat’iyati alohida e’tirof etildi. Ularga “Vazir kubogi”, medallar va tashakkurnomalar topshirildi.

photo_2025-03-04_16-06-53 (5)

Ushbu tadbir universitet rahbarlari va ishtirokchi tashkilot vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, bu esa kelgusida sport sohasidagi hamkorlik va qo‘shma loyihalarni yanada rivojlantirishga turtki bo‘ldi.

photo_2025-03-04_16-06-54

photo_2025-03-04_16-06-53 (6)

photo_2025-03-04_16-06-54 (2)

photo_2025-03-04_16-06-53 (4)

photo_2025-03-04_16-06-53 (2)

photo_2025-03-04_16-34-04

photo_2025-03-04_16-34-04 (2)

photo_2025-03-04_16-34-05

photo_2025-03-04_16-34-05 (2)

photo_2025-03-04_16-34-05 (3)

photo_2025-03-04_16-34-05 (4)

photo_2025-03-04_16-34-06

photo_2025-03-04_16-54-16

photo_2025-03-04_16-34-06 (2)

photo_2025-03-04_16-34-07