Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda VIII Tarjimashunoslar forumi – 2024 xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

14.12.2024, 15:47 Yangiliklar 702

2024-yil 14-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida VIII Tarjimashunoslar forumi – 2024 xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

photo_2024-12-14_10-40-48 (2)

Anjumanni TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva ochib berdi hamda tarjimashunoslik sohasidagi dolzarb muammolar, jumladan, badiiy va ilmiy tarjimalar, zamonaviy tarjima usullari haqida to’xtalib o’tdi. Shuningdek, XXR Shanghai universiteti Adabiyot va ijodiy yozuvchilik tadqiqot markazi direktori Ge Hongbin, Turkiyaning Otaturk universiteti qoshidagi Turkshunoslik tadqiqotlari instituti direktori Huseyn Baydemir ham konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

photo_2024-12-14_13-36-41 (2)

 

Tarjimashunoslar forumida Xitoy, Turkiya, Hindiston, Rossiya, Tojikiston kabi davlatlardan yetakchi olimlar, tarjimonlar va soha mutaxassislari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Ular turli tillardagi asarlarni tarjima qilishdagi qiyinchiliklar va tarjimashunoslikning zamonaviy vazifalari haqida fikr almashdilar. Konferensiya yakunida qatnashchilar o‘zaro tajriba almashib, kelgusidagi hamkorlik rejalarini belgilab oldilar.

photo_2024-12-14_10-40-49 (2)

photo_2024-12-14_10-40-48

photo_2024-12-14_10-40-49

photo_2024-12-14_13-36-42 (3)

photo_2024-12-14_13-36-42 (2)

photo_2024-12-14_13-36-42

photo_2024-12-14_13-36-41 (4)

photo_2024-12-14_13-36-41 (3)