Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi

13.11.2025, 15:17 Yangiliklar 349

2025-yil 13-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti hamda Varshava universiteti (Polsha) hamkorligida onlayn formatda ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarni falsafa fanlari doktori (PhD) Stanislav Adam Yaskovskiy olib bordi. U “Rhetoric of the Earliest Parliamentary Speeches in Iran: Between Tradition and Modernity” (“Erondagi ilk parlament nutqlarining ritorikasi: an’ana va zamonaviylik o‘rtasida”) mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi Eron tarixidagi ilk parlament nutqlarining shakllanish jarayoni, ularning ritorik xususiyatlari hamda an’anaviy va zamonaviy nutq uslublarining o‘zaro uyg‘unligi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Seminarda Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti hamda Sharq tillari va adabiyoti instituti professor-o‘qituvchilari, magistrantlar va talabalar faol ishtirok etdilar.