TDSHUda “Xitoy tili ko’prigi” tanlovining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi
2025-yil 14-iyun kuni TDSHU Konfutsiy instituti binosida Xitoyning O‘zbekistondagi Elchixonasi tomonidan tashkil etilgan “Xitoy tili ko’prigi”tanlovining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Marosimda XXRning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Yu Jun ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida tanlov g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi hamda ishtirokchilarning xitoy tili va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishlari, til o‘rganishdagi muvaffaqiyatlari e’tirof etildi.