TDSHUda Xitoy tilini o’rganishda iyerogliflarni tez yodlash usullari mavzusida mashg’ulot darsi bo’lib o’tdi
2024-yil 4-dekabr kuni TDSHU Xitoyshunoslik oliy maktabi va “O’zbekiston-Xitoy gumanitar madaniyatlar almashinuvi markazi” qoshidagi “Birgalikda xitoy tili va Xitoy madaniyatini o’rganamiz” to’garagida “Xitoy tilini o’rganishda iyerogliflarni tez yodlash usullari” mavzusida navbatdagi mashg’ulot darsi bo’lib o’tdi.
Mashg’ulotda PhD, dotsent Sultanova Lola Akmalovna iyerogliflarni tez va ravon talaffuz qilish haqida ma’lumotlar berdi.