TDSHUda Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-g‘arbiy pedagogika universiteti vitse-prezidenti Ma Libang boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-yil 8-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o‘tkazilgan “O‘zbekiston–Xitoy: tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalar rivoji” xalqaro konferensiyasi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-g‘arbiy pedagogika universiteti vitse-prezidenti Ma Libang boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tarixan shakllangan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, qo‘shma ilmiy loyihalar va o‘quv dasturlarini amalga oshirish, madaniy almashinuvni yanada rivojlantirish hamda kelgusida strategik hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.


