TDSHUda Xitoyshunoslik oliy maktabi hamda Konfutsiy instituti sobiq o‘quvchilari, O‘zbekiston Respublikasi korporativ korxonalar iste’dodlari bilan brifing uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 4-oktabr kuni TDSHU da Xitoyshunoslik oliy maktabi hamda Konfutsiy instituti sobiq o‘quvchilari, O‘zbekiston Respublikasi korporativ korxonalar iste’dodlari bilan brifing uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi TDSHUda Xitoyshunoslik yo‘nalishida tahsil olgan sobiq talabalarining hozirda erishgan yutuqlari, ularning turli tashkilot va kompaniyalarda egallagan lavozimlari haqida ma’lumot berish, shuningdek, yuqori kurs talabalarining ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashishdan iboratdir.
Uchrashuv davomida kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan sobiq o‘quvchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, Xitoy tilini puxta bilish ularning kasbiy muvaffaqiyatga erishishida qanday muhim rol o‘ynaganini ta’kidladilar. Shuningdek, tadbir davomida kompaniya vakillari mavjud vakant lavozimlar, stajirovka va ish imkoniyatlari haqida ma’lumot berib, talabalarga o‘z salohiyatini amaliyotda sinab ko‘rish uchun keng imkoniyatlar taqdim etdilar.
Uchrashuv nafaqat yoshlar uchun kasbiy yo‘nalishni aniqlash va tajriba orttirish imkoniyatini yaratdi, balki universitet bitiruvchilari hamda ish beruvchilar o‘rtasida samarali hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

















