TDSHUda xorijiy fuqarolarni o’qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat bo’lib o’tdi
2025-yil 12-avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun xorijiy fuqarolarni navbatdagi suhbati o‘tkazildi. Suhbat onlayn va oflayn formatlarda tashkil etilgani turli mamlakatlardan kelgan abituriyentlarga qulay shart-sharoit yaratdi.
Unda universitetning xalqaro hamkorlikni kengaytirish va global ta’lim maydonida o‘z o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘ldi. Suhbatda dunyoning turli burchaklaridan, jumladan, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya, Hindiston, Rossiya va boshqa mamlakatlardan kelgan abituriyentlar ishtirok etdi.
Suhbat davomida abituriyentlar o‘zlarining akademik qiziqishlari, kelajakdagi maqsadlari va universitetda ta’lim olish istagini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.






