TDSHUda “Xorijiy sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi” kafedrasining tashabbusi bilan “Sharq mamlakatlaridagi tarixiy jarayonlar va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari” mavzusida X respublika an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiya “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaririda belgilangan Sharq mamlakatlarining rivojlanish omillari, ulardagi zamonaviy ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlar, sharq madaniyati va merosi, qadimiy yodgorlik va qo‘lyozmalarni ilmiy jihatdan o‘rganish, mazkur yo‘nalishda ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash hamda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish vazifalardan kelib chiqqan holda tashkil qilingan.
Shuningdek, konferensiyaning kun tartibida O‘zbekistonda arab davlatlarining zamonaviy tarixini o‘rganish ishlariga ulkan hissa qo‘shgan, o‘ziga xos ilmiy maktab asoschisi, davlat mukofoti sovrindori, tarix fanlari doktori, professor Sattarov Telman Sattarovichning ilmiy ijodiy faoliyatiga doir ma’ruzalar ham tinglandi.
Konferensiya ishida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor o‘qituvchilari va tadqiqotchilari bilan birga O‘zR Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Tarix instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimlari, Xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston milliy universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti singari oliy ta’lim muassasalarining professor o‘qituvchilari va tadqiqotchilari ishtirok etishdi.