TDSHUda xorijiy sharq manbalari asosida tarixiy jarayonlarni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
2025-yil 12-may kuni TDSHUda “Xorijiy sharq manbalaridan tarixiy jarayonlarni o‘rganishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyada xorijiy tarixiy manbalar asosida o‘tmish voqealarini o‘rganishning nazariy va amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Yalpi majlisda tarixiy hujjatlar, memuar manbalar, qadimgi qo‘lyozmalar va madaniy aloqalarning zamonaviy talqini yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, Sharq mamlakatlari madaniy merosini o‘rganishda gender masalalari, til va tafakkur uyg‘unligi, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.












