TDSHUda XXR delegatsiyasi
TDSHUga Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay universiteti jamoatchilik diplomatiyasi instituti direktor o‘rinbosari Chjan Danxua xonim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida ikki oliy ta’lim muassalari o’rtasida hamkorlik masalalarini rivojlantirish, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek uchrashuv so’ngida Shanxay universiteti vakillari tomonidan universitet kitob fondiga badiiy va ilmiy adabiyotlar hadiya qilindi.




