TDSHUda yangi o’quv yilining boshlanishi munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi
5-sentabr yurtimizning barcha ta’lim muassasalari qatori Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ham yangi o’quv yilining boshlanishi munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi. Unda universitet jamoasi, xodimlari, faxriy ustozlari va talabalari ishtirok etishdi. Tadbirni universitet rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna kirish so’zi bilan ochib berdi va yig’ilganlarni mustaqilligimizning 31 yilligi bilan muborakbod etib, sharqshunoslik deya atalmish uzoq tarixga ega oliy dargohning barcha talabalariga 2022-2023- o’quv yilida kuch-g’ayrat, muvaffaqiyat va zafarlar tiladi.