Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda Yaponiya “Ajibiz” rekruting kompaniyasi vakillari bilan onlayn hamda “Oukaway” kompaniyasining O‘zbekistondagi rahbari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

03.12.2025, 14:52 Yangiliklar 209

2025-yil 3-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Yaponiya “Ajibiz” rekruting kompaniyasi vakillari bilan onlayn hamda “Oukaway” kompaniyasining O‘zbekistondagi rahbari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning maqsadi universitet va yapon kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, shuningdek, istiqbolli kadrlarga Yaponiyaning ilg‘or kompaniyalarida ish haqi asosida malaka oshirish va mehnat faoliyatini olib borishi uchun qulay sharoitlar yaratish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Shu munosabat bilan, TDShU yapon tilini puxta egallagan talabalarni o‘z mutaxassisliklari doirasida Yaponiyada 6 oylik amaliyot dasturlariga jalb qilishni taklif etdi. Bunda ish beruvchi bilan oldindan onlayn intervyu tashkil etiladi va undan muvaffaqiyatli o‘tgan talabaga Yaponiyaga moslashish jarayonini yengillashtirish maqsadida 1 oylik maxsus kurs o‘tiladi. Shuningdek, amaliyot yakunida ish joyiga qiziqish bildirgan va o‘z ta’lim muassasasini muvaffaqiyatli tamomlagan iqtidorli nomzodlarga amaliyot o‘tagan joyida ish faoliyatini boshlash imkoniyati taqdim etiladi.

Bundan tashqari, yapon tilini puxta egallagan bitiruvchilarni Yaponiyadagi kompaniyalarda ishga joylashtirish imkoniyati mavjudligi ma’lum qilindi. Talabalar o‘z mutaxassisliklariga qarab sug‘urta tashkilotlari, turizm sohasi, xalqaro savdo kompaniyalarida mehnat faoliyatini olib borishlari mumkinligi ta’kidlandi.