TDSHUda Yaponiya delagatsiyasi
2025-yil 11-fevral kuni TDSHUga Tsukuba universitetining Ijtimoiy fanlari instituti Ta’lim fakultetining 7 nafar vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Uchrashuvda TDSHUda Yaponiya tajribasi asosida masofaviy ta’lim joriy etish bo’yicha muzokaralar o’tkazildi.
Tashrif davomida Yaponshunoslik oliy maktabida O’zbek-yapon talabalarining akademik forumi o’tkazildi. Unda Tsukuba universiteti va Yaponshunoslik oliy makatabining magistrantlari, tayanch doktorantlari ilmiy tadqiqot mavzulari bilan ishtirok etdilar.
Tashrif ikki tomonlama akademik hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilib, tadqiqotlar bo‘yicha fikr almashish hamda o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qilish imkoniyatini yaratdi.




