TDSHUda Yaponiyaning Daiwa House Industry Co., Ltd kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida (TDShU) Yaponiyaning darajali qurilish va infratuzilma kompaniyasi — Daiwa House Industry Co., Ltd (Dayva Xaus Indastri)ning Osiyo janubi bo‘limi vakili Yasushi Nishikava (Yasushi Nishikawa), Deputy Manager, South Asia Business Department tashrifi doirasida hamkorlik imkoniyatlariga bag‘ishlangan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi — kompaniyaning faoliyatining bir qismini O‘zbekistonga ko‘chirish istiqbollari, Mahorat va kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik shakllari hamda mahalliy iqtidorni rivojlantirish imkoniyatlari atrofida keng hamkorlikni o‘rnatish edi.
Uchrashuv davomida quyidagi masalalar har tomonlama muhokama qilindi:
O‘zbekistonda yaponiya kompaniyasining joylashtirish imkoniyatlari (ofis/boshqarma/iste’mol va texnik kadrlar bazasi) va bu jarayon uchun zarur mutaxassislar profili;
Yapon tilini yaxshi bilish bilan birga IT sohasi, CAD va BIM (Building Information Modeling) dizayni dasturlarida ishlay olish qobiliyatiga ega bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash istiqbollari;
Tahsil dasturlarini mahalliy talab va kompaniya ehtiyojlariga muvofiqlashtirish maqsadida akademik dasturlarning yangilanishi va kasbiy tayyorgarlik kurslarini tashkil etish;
Talabalar va bitiruvchilar uchun stajirovka (internship), amaliyot va ishga joylashtirish mexanizmlari, shu jumladan stajirovka davrida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va turli sotsial sharoitlar haqidagi shart-shartlar;
O‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun ishchi-guruh tashkil etish va kelgusida qo‘shma tashriflar, loyiha-grafik va monitoring rejalarini kelishish.
Ushbu uchrashuv ikki tomon uchun ham mazmunli va samarali bo‘lib, Daiwa House Industry Co., Ltd bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun aniq yo‘l xaritasi shakllantirildi. Hamkorlik natijasida O‘zbekistonda zamonaviy kasbiy tayyorgarlik va til ta’limini takomillashtirish, shuningdek mahalliy yosh kadrlarni xalqaro standartlarga muvofiq tarbiyalash va ularni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayishi kutilmoqda.

