Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda «Yosh kitobxon» tanlovi bo’lib o’tdi

14.10.2025, 20:34 Yangiliklar 239

2025-yil 14-oktabr kuni TDSHUda ta’lim tili rus tili bo‘lgan guruhlar o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda har bir fakultetdan bittadan jamoa ishtirok etdi. Ular “Men yoqtirgan asar” va “Eng kitobxon jamoa” kabi shartlar asosida o‘z bilim va iste’dodlarini namoyon etdilar.

Mazkur tadbir talabalarning badiiy adabiyotga bo‘lgan muhabbatini yanada mustahkamlash, ularni kitob o‘qishga undash va o‘z fikrini erkin ifoda etishga chorlovchi muhim madaniy-ma’rifiy loyiha bo‘ldi.