TDSHUda “Yosh Navoiyshunoslar” VI ilmiy -amaliy anjumani bo’lib o’tdi
2025-yil 3-may kuni TDSHUda O’zbekiston Qahramoni, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, professor Suyuma G’aniyeva xotirasiga bag’ishlangan an’anaviy “Yosh Navoiyshunoslar” VI ilmiy -amaliy anjumani bo’lib o’tdi.
Tadbirda TDSHU rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi olimlari, ilmiy-tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdilar. Anjuman davomida Suyima G‘aniyevaning hayoti, ilmiy faoliyati, Alisher Navoiy asarlarini tadqiq etishdagi xizmatlari xotirlandi.
Shuningdek, Alisher Navoiy asarlari tilshunoslik, adabiyotshunoslik, madaniyat va tarjimashunoslik nuqtai nazaridan tahlil etildi. Xususan, “Majolis un-nafois” tazkirasining tuzilishi, Navoiyning suhbatdosh doirasi va g‘azallari borasidagi ma’ruzalar tinglandi.
Tadbir yakunida Suyima G‘aniyevaning ilmiy merosini chuqur o‘rganish va yosh tadqiqotchilar orasida keng targ‘ib qilish zarurligi alohida ta’kidlandi.



