TDSHUda Zikrilla Umarovning “Mirzo Mehdixonning “Maboniu-l-Lug’at” eski o’zbek tili grammatikasi” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
2025-yil 29-may kuni TDSHUda taniqli tilshunos olim Zikirilla Umarov tomonidan tayyorlangan “Mirzo Mehdixonning ‘Maboniu-l-lug‘at’ eski o‘zbek tili grammatikasi” nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu kitob Mirzo Mehdixonning grammatik merosini o‘rganishga xizmat qiladigan muhim asar hisoblanadi.
Tadbirda mamlakatimizning yetuk tilshunos olimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar kitob muallifi Zikirilla Umarovning uzoq yillik ilmiy izlanishlariga, uning filologiya sohasidagi o‘rni va xizmatlariga yuksak baho berdilar.
Ushbu kitob, ayniqsa, tilshunoslik sohasida tahsil olayotgan talabalar, tadqiqotchilar hamda eski yozma manbalarni chuqur o‘rganayotgan mutaxassislar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.








