TDSHUga Bangladeshning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi tashrif buyurdi
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2024/01/photo_2024-01-29_14-21-04-1024x813.jpg)
2024- yil 29- yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Bangladeshning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhammad Monirul Islom tashrif buyurdi.
Tashrif chog’ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.