Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUga Gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi ishchi guruhi tashrif buyurdi

09.01.2026, 18:28 Yangiliklar 380

2026-yil 9-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi ishchi guruhi tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzigul Kozixonova hamda qo‘mita a’zosi, senator Malika Qodirxonova ishtirok etdilar.

Tashrif davomida ishchi guruh a’zolari tomonidan universitetda talaba-qizlar va ayol professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va institutsional faoliyat yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.