TDSHUga Janubiy Koreyaning yetakchi global ta’lim va madaniyat kompaniyasining Visang Education kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyasi tashrif buyurdi
Joriy yilning oktabr oyida, 21-22 oktabr kunlari, Janubiy Koreyaning yetakchi global ta’lim va madaniyat kompaniyasi Visang Education kompaniyasining delegatsiyasi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida rasmiy tashrif bilan bo‘ldi.
Ushbu tashrifning asosiy maqsadi O‘zbekistonda koreys tilini ommalashtirish va raqamli ta’lim bozorining holatini o‘rganish hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Delegatsiya a’zolari universitetning koreys tili ta’limiga oid ishlar va imkoniyatlari bilan tanishdilar.
Tashrif davomida Visang Education kompaniyasi tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalarini koreys tili ta’limida joriy etish bo‘yicha takliflar va yechimlar taqdim etildi. Bu texnologiyalar, jumladan, onlayn va oflayn ta’lim jarayonlarini integratsiyalash, o‘quvchilarning malakasini oshirish hamda ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion vositalarni o‘z ichiga oladi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Visang Education o‘rtasida kelgusi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar koreys tili ta’limi sohasidagi ilg‘or tajribalar va texnologiyalarni birgalikda joriy etish hamda o‘quv jarayonini raqamlashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

