TDSHUga «Jinting Automobile Electric” O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasi rahbari Yao Jingyu boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi
2025- yil 20-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga «Jinting Automobile Electric” O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasi rahbari Yao Jingyu boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ikki tashkilot o’rtasida Hamkorlik memorandum imzolandi.
Unga ko‘ra, TDSHU ning xitoy tilini o’rganayotgan talaba va bitiruvchilari «Jinting Automobile Electric” da amaliyot va stajirovka o‘tash, shuningdek, xorijiy kompaniyada ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


