TDSHUda Keimyung universitetining SMART xonasi ochildi
2024-yil 3-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunsolik universitetiga Koreyaning Keimyung Universiteti Xalqaro ishlar bo‘yicha vitse-prezidenti Seon Jung Kim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik, xususan talabalar va professor-o`qituvchilar almashinuvi, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, malaka oshirish kurslarini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitet hamda Keimyung universiteti bilan hamkorlikda “Keimyung universiteti Smart xona”sining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ochilish marosimidan so’ng professor Seon Jung Kim, universitet talabalariga koreys tilidan mahorat darsi ham o’tib berdi.
Universitetda tashkil etilgan smart xona zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Ushbu smart xonaning afzalligi shundaki, talaba va o‘qituvchilar video darslar yozishlari, onlayn test yechishlari shuningdek, so‘rovnomalar o‘tkazishlari mumkin.