TDSHUga Koreya Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi
2023-yilning 18- oktabr sanasida TDSHUga Koreya Respublikasining Kyonsan-Pukto provinsiyasi gubernatori o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif chog’ida ikki mamlakat o’rtasida diplomatik aloqalar, xususan ta‘lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik masalalari hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Delegatsiya rahbari Kyonsan-Pukto provinsiyasi gubernatori o‘rinbosari, siyosiy fanlar doktori Li Dal Hi xonim TDSHUning Koreyashunos kadrlarni tayyorlashdagi hissasini yuqori baholab, kelajakda universitetimiz bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv so’nggida, Li Dal Hi xonimga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Faxriy professori unvoni berildi.