TDSHUga Koreya Respublikasidagi Dong-A universiteti rektorining tashrifi
2022-yil 26-avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Koreya Respublikasidagi Dong-A universitetining rektori Lee, Hae Woo janoblari boshchiligida delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida universitetimizda koreyashunoslik sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib. Janob Lee ham o‘z universiteti, uning Koreyadagi o‘rni, yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi hamda ikkala universitetning nomi sharq so‘zidan boshlanishini qayd etti. Bizning universitetimizda Dong-A universitetining alohida burchagini ochish haqida takliflar kiritildi.
Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida Anglashuv me’morandumi imzolandi.