TDSHUga Malayziyaning Pendidikan Sultan Idris universiteti vakillari tashrif buyurdi

TDSHU ga Malayziya delegatsiyasi tashrif buyurdi
2024-yil 21-dekabr kuni TDSHUga Malayziyaning Pendidikan Sultan Idris universiteti vakillari tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida UPSI universiteti talabalari tomonidan malay milliy qo‘shiqlari va raqslari ijro etildi. Shuningdek, TDSHUda malay tilini o‘rganayotgan talaba-yoshlar ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdilar.
Shuningdek, Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi katta o’qituvchisi, PhD Nasiba Abduganiyeva tomonidan Malayziyaning “Sulton Idris” universitetidan tashrif buyurgan bir guruh talabalarga “Indonez sehrli ertaklari tadqiqi” mavzusida ma’ruza tashkil qilindi
Uchrashuv so’nggida, ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.