TDSHUga Nisshin Co. kompaniyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi
2025-yil 30-aprel kuni TDSHUga Nisshin Co. kompaniyasi direktori Jian Liu janoblari boshchiligidagi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya vakillari universitet rahbariyati bilan uchrashib, Yaponiya kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyatlari, talabalar uchun pullik stajirovkalar, hamda yapon va ingliz tillarini biluvchi yoshlar bilan ishlash masalalarini muhokama qildilar.
Tomonlar kelgusida hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashdilar.


