TDSHU hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
#SDG8
2024- yil 15- avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv Raisi oʻrinbosari Rixsiyev Baxodir Tolaganovich tashrif buyurdi.
Universitet rahbariyati bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida «Oʻzmilliybank» AJ bilan birgalikda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion hamkorligini amalga oshirish asosida innovatsion-korporativ hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bank tizimiga malakali xodimlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv so’nggida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.