TDSHUda Qatar Davlatining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muhtor elchisi Hasan Hamza bin Hoshim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-yil 25-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Qatar Davlatining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muhtor elchisi Hasan Hamza bin Hoshim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda TDSHU rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva universitet faoliyati, ilmiy ishlari va arabshunoslik yo‘nalishidagi loyihalar haqida ma’lumot berdi. Elchi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va universitetning Qatar oliy o‘quv yurtlari bilan anglashuv memorandumi loyihasini ilgari surishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, 2026-yil TDSHUda xalqaro konferensiya o‘tkazish masalasi muhokama qilindi









