TDSHUga Tailand Oliy patriarxi o‘rinbosari Sirilphrommakhun Phra Theppasittikhun boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi
2025-yil 9-iyun kuni Tailand Oliy patriarxi o‘rinbosari Sirilphrommakhun Phra Theppasittikhun boshchiligidagi delegatsiya TDSHUga tashrif buyurdi
Tashrif davomida loyihalar taqdimoti ko‘rsatildi. Shuningdek, turizm sohasida hamkorlik taklif qilindi. Mehmonlar universitet faoliyati, o‘quv jarayonlari, xalqaro aloqalar, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, xususan, kontrakt tizimi va yotoqxona imkoniyatlari bilan tanishdilar. Tashrif so’nggida, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga, xususan, talabalar almashinuvi, qo‘shma loyihalar va madaniy dasturlarni amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.


