TDSHUga Tailand-Xitoy muxbirlar assotsiatsiyasi, Tailand-Xitoy media va biznes administratsiyasi prezidenti janob Kampol Mahanakul boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi
2025-yil 13-iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Tailand-Xitoy muxbirlar assotsiatsiyasi, Tailand-Xitoy media va biznes administratsiyasi prezidenti janob Kampol Mahanakul boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar universitet faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalari, ikki tomonlama ilmiy hamkorlik, media va kommunikatsiya sohasida qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhokama olib bordilar.



