TDSHUga TCJ Global Inc. (TCJ Japanese Language School) vakillari tashrif buyurdi
2025-yil 24-sentabr kuni TDSHUga TCJ Global Inc. (TCJ Japanese Language School) vakillari tashrif buyurdi.
Uchrashuvda talabalar uchun Yaponiyada qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, talabalarning litsenziyalangan yapon tili maktablarida ta’lim olishi, keyinchalik universitet bosqichida o‘qishni davom ettirishi, Yaponiyadagi kompaniyalarda amaliyot o‘tashi va ish bilan ta’minlanishi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

