Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUga Turkiyaning Otaturk universiteti rektori Omer Comakli rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi

07.10.2023, 11:54 Yangiliklar 1312

2023-yil 6- oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turkiyaning Otaturk universiteti rektori Omer Comakli rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

IMG_9649

Tashrif chog’ida ikki tomonlama akademik almashinuv va ilmiy tadqiqot sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati, istiqbollari hamda joriy o‘quv yilida universitetlar o‘rtasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi atroflicha muhokama qilindi.

IMG_9652

IMG_9666