Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUga va Malayziyaning INTI Universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

26.11.2025, 17:26 Yangiliklar 154

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Malayziyaning nufuzli INTI Universiteti delegatsiyasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, ilmiy va akademik aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri sifatida — Ikki universitet oʻrtasida qo‘shma ilmiy-tadqiqotlar tashkil etish , birgalikda yozgi maktablar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar mazkur taklifning dolzarbligi va ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va akademik aloqalarni mustahkamlashdagi ahamiyati qayd etildi.