Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUga Xitoy xalqaro ta’lim jamg’armasi (CIEF) prezidenti Yang Vey boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi

23.06.2025, 11:39 Yangiliklar 443

2025-yil 23-iyun kuni TDSHUga Xitoy xalqaro ta’lim jamg’armasi (CIEF) prezidenti Yang Vey boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar universitet faoliyati, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi hamda Xitoy bilan mavjud hamkorlik loyihalari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy konferensiyalar va tadbirlar tashkil etish borasida fikr almashdilar.