TDSHUga XXRning Shanxay universiteti vakili tashrif buyurdi
2025-yil 18-aprel kuni TDSHUga Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay universiteti jamoatchilik diplomatiyasi instituti direktor o‘rinbosari Chjan Danxua xonim tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida u “Shanxay hamkorlik tashkiloti: tarixi va istiqboli” mavzusida ma’ruza qildi hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan ochiq muloqotda bo‘ldi.




