TDSHUga Yaponiya delegatsiyasi tashrif buyurdi
#SDG17
2024- yil 12- avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Yaponiyaning Yamagata prefekturasi rasmiy vakillari hamda Yamagata universiteti professorlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Universitet rahbariyati bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida Yaponiyaning “Yori-i” loyihasi doirasidagi hamkorlik masalalari, xususan TDSHU talabalarini mazkur loyihaga jalb qilish to‘g‘risida fikr almashdilar.
Muzokaralar natijasida, o‘zaro hamkorlik borasida uch tomonlama shartnoma imzolashga kelishib olindi.
Ma’lumot o‘rnida, Yamagata universiteti Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi reytingidagi eng yuqori “S” darajali universitet hisoblanadi.