TDSHUga Yaponiya delegatsiyasi tashrif buyurdi
2024-yil 12-oktabr kuni Yaponiya- O‘zbekiston Buyuk Ipak Yo‘li Fondi (JUSRF) direktori Minagawa Yoshitsugu boshchiligidagi delegatsiya TDSHU ga tashrif buyurdi.
TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyevaga yapon tili ta’limiga o‘z hissasini qo‘shgani uchun O‘zbekiston-Yaponiya Buyuk Ipak yo‘li fondi tomonidan tashakkurnoma ham topshirildi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so‘ng, mehmonlar Yaponshunoslik oliy maktabida tahsil olayotgan talabalar bilan ham suhbatlashdi.