TDSHUga Yaponiyaning Kadrlar almashinuvini qo‘llab-quvvatlash xalqaro tashkiloti (IHNO) delegatsiyasi tashrif buyurdi
2023- yil 5- oktabr sanasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Yaponiyaning Kadrlar almashinuvini qo‘llab-quvvatlash xalqaro tashkiloti (IHNO) prezidenti Komiyama Yeshixaru boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif chog’ida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, istiqboldagi rejalar, xususan, TDSHU bitiruvchilarini Yaponiyada ish bilan ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi.