TDSHUga Yaponiyaning «SENMON KYOIKU PUBLISHING CO. LTD» kompaniyasi Bosh direktori KAMATA Atsushi tashrif buyurdi
2025-yil 14-oktabr kuni TDSHUga Yaponiyaning «SENMON KYOIKU PUBLISHING CO. LTD» kompaniyasi Bosh direktori KAMATA Atsushi tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Xususan, Yapon tilidan daraja imtihonlarini o‘tkazish, o‘quv-metodik materiallar almashinuvi hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan loyihalar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari haqida fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.



