TDSHUga Yaponiyaning yetakchi IT-kompaniyalari vakillari tashrif buyurdi
2024- yil 10- fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Yaponiyaning yetakchi IT-kompaniyalari vakillari – Ryuji Isano, “ICure Technology Co.Ltd” ijrochi direktori hamda Tomoxiko Xirasava, “RENGO Ent.Co.Ltd” ijrochi direktoridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida universitetimizda IT sohasi bo‘yicha yapon tiliga ega kadrlar tayyorlash va ularning amaliyotini Yaponiyada yo‘lga qo‘yish borasida takliflar ilgari surildi.